"Biologiya" kafedrasi
Nukus davlat pedagogika instituti qayta tuzilgan 1990-1991-o`quv yili boshlang`ich ta`lim metodikasi fakul`tetda tashkil qilingan,tabiatshunoslik (boshlig`i B.Habipov, 1993-yildan B.Sherbaev) kafedrasi tarkibidan, 1993-yili alohida botanika va zoologiya kafedralari bo`lib bo`lindi. Zoologiya kafedrasidan 2000-yili odam anatomiyasi va fiziologiyasi kafedrasi ayrilib chiqdi. Botanika kafedrasiga 1993-2005-yillar orolig`ida B.Sherbaev, B.Saribaev, R.Xalmuratovalar, zoologiya kafedrasga 1993-2005-yillar orolig`da A.Utambetov, B.Allamuratov, Sh.Allamuratov, Q.Seypullaev, S.Mambetullaeva, F.Utenova, odam anatomiyasi va fiziologiyasi kafedrasga 2000-2005-yillar orolig`da M.Ajibekov, A.Matchanovlar kafedra boshliqlari bo`lib ishladi. 2005 yili botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi kafedralari biologiya atamasi bilan qayta biriktirilib uning boshlig`i qilib dotsent R.P.Xalmuratova bekitildi.
Kafedra jamoati
Bugingi kuni biologiya kafedrasida 6 fan doktori (B.Allamuratov, B.Sherbaev, G`.Asenov, B.Sh.Saribaev, R.Tleuov, A.T.Matchanov), 8 fan nomzodi (P.Xalmuratov, O.Temirbekov, O.Utemisov, Sh.T.Allamuratov, R.P.Xalmuratova, R.Atamuratov, A.B.Ajiev,) 1-katta (M.Baltabaev) va 16 assistent o`qituvchilar ishlaydi.
Kafedra a`zolari «Qoraqolpog`istonning tabiiy boyliklarinii o`rganish natijalarinii, biologiya fanlarinii o`qitiishni takomillashtirishda foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» degan atamadagi ilmiy-tadqiqot ishiga to`liq qatnashmoqda. Tadqiqot natijalari bo`icha bir necha o`quv metodik qo`llanmalar va darsliklar yaaratildi, jumladan, Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish (R.Tleuov, B.Allamuratov, A.Matchanov, O.Utemisov, Sh.Allamuratov ,2004, «ilm», 16,8 b/t), Tsitologiya (B.Allamuratov, A.Matchanov, B.Jienbaev, Q.Seypullaev, G.Allamuratova, 2008, «Qoraqolpog`iston» 10,5 b/t.), Parazitologiya (B.Allamuratov, E.Toreniyazov, G.Allamuratova, 2009, «Qoraqolpog`iston»,12,5 b/t), darsliklar i va Ekologiya (P.Xalmuratov, F.Otenova, G.Saparova, 2007, NDPI, 3.5 b/t), Genetika (A.Matchanov, O.Utemisov,2006, QMU 6,5 b/t), Hozirgi zamon tabiiy fanlar kontseptsiyasi (R.Xalmuratova, F.Utenova, A.Ajiev, B.Tleumuratova, 2005, NMPI 3,9 b/t) «Mikrobiologiya fanidan amaliy ishlar» (R.Xalmuratova,NMPI 3 b/t ) t.b.o`quv qo`llanmalari qoraqolpoq tilida nashr qilindi.
1992-2001 yillari ilmiy-tadqiqot «Ekologiya» muommolari laboratoriyasi ochilib, uni b.f.d. B.Sherbaev boshqardi. Laboratoriyada «Orol dengizi qurishining va antropogen sa-bablarning o`simliklar dүnyosiga ta`siri, shuningdek, distixlis o`simligini akklimatizatsiyalash bo`yicha davlat xazina va xo`jalik shartnoma asosidagi (1200000 sum) temalar bajarildi. Nukus shaxri tashqarisidan 1994 yili ukuv-dala amaliyotlarini o`tkazish maydonchasi sifatida kattaligi 11 ga bo`lgan «Botanika bog`i» achildi va shu yili Meksikadan olib kelingan distixlis o`simligining agrotexnikasi shu erda o`rganildi. Bu muommoni o`rganish bo`yicha 1995-yili Meksikada akademik J.Bazarbaev va b.i.d. B.Sherbaev safarda bo`ldi.
Kafedrada 2003-2005-yillari “Pribilanie kormovogo zasuxo-ustoychivogo rasteniya Distichlis spirata (L) Greene dlya zakreplenie osushennogo dna Aral`skogo morya” prof.B.Sherbaev va “Razrabotka sovremennix rekomendatsiy po predotvraщeniyu otritsatel`nix vliyaniy solepilevogo vipadeniya na bioticheskie i abioticheskie ob`ekti v Yujnom Priaral`ya” prof.A.T.Matchanovning bashchiligida 14379250 sum miqdordagi ilmiy-tadqiqot ishilari bajarildi.
Tadqiqot natijalari ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo`lib, so`ngi 5-yilda darsliko`quv metodik qo`llanmalar soni 11, ilmiy maqolalar 230 dan ortiq, shundan 28 chet elda nashr qilindi. Ko`p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasida 1994-yili B.Saribaev, 1996-yili G`.Asenov doktorlik va 2002-yili A.Ajievlar nomzodliq dissertatsiyalarini himoya qildi.