"Geografiya" kafedrasi
Pedagogika instituti 1990 yili alohida bo`y tiklagadan so`ng tarix-geografiya fakul`teti tarkibda geografiya kafedrasi 1993 yili ochilib, unga J.Jalg`asbaev (1993-1996), E.K.Umarov (1997-2002), A.Qurbaniyazovlar (2003-2007) boshchilik qildi. Kafedrada ushbu vaqtda o`qituvchilardan Qoraqolpog`istonga xizmat ko`rsatgan o`qituvchi, Qoraqolpog`iston xalq o`qituvchisi dotsent Q.Davletova, R.Gaypova, G.Utepova, A.Qurbaniyazov va J.Abdiramanovlar ishlaydi. Shu vaqtning o`zida kafedra o`qituvchilari bir necha monografik nashrlarning, metodik qo`llanmalarning, ilmiy maqolalarning avtorlari bo`ldi, jumladan «Geografiya darsi va o`lkashunoslik» (Q.Davletova, 1992 «ilim» 17 b/t), «Geografiya darsida sinfdan tashqari ishlar (Q.Davletova,1993 NDPI, 4 b/t) «Janubiy Orol hududida o`simlik qatlamlariniing dinamikasi» (J.Jalg`asbaev,1995 «Karaqalpaqstan», 7,5 b/t), «Oliy talim muassasalariga kiruvchilar uchun geografiyadan test materiallari» (J.Jalg`asbaev,1994 NDPI, 3 b/t), nomli mehnatlari studentlarga faydalanishga tavsiya etildi.
Kafedraning hozirgi kunda 2008-yildan boshlab dotsent R.Gaypova boshqarmqda. Kafedrada 1 fan doktori, 5 fan nomzodi va dotsentlar, 4 katta o`qituvchi va 3 assistent o`qituvchilar ishlamoqda. Professor-ukituvchilarning doktorlik (R.Gaipova, K.Jaqsimuratov, G.Utepova) va nomzodlik (J.Abdiramanov, A.Nurlanov, M.Radjapov, G.Atabaeva) dissertatsiya ishlariniing ilmiy temalari tasdiqlanib Nizomiy nomidagi Tash.DPU, Uz.MU, Uz.RFA QQ bo`limi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalarda bajarilmoqda. Kafedra olimlari tamonidan prof. e.Umarovning ilmiy boshchiligida hajmli tadqiqot ishlari bajarilmoqda, binobarin, 2008-2010-yillarga rejalashtirilgan «Regional`nie problemi sotsial`no-demograficheskogo razvitiya sel`skoy mestnosti Respubliki Karakalpakstan s uchetom ekologicheskix osobennostey regiona», «Razrabotka i podgotovka k izdaniyu novogo pokoleniya uchebnika «Ekonomicheskaya i sotsial`naya geografiya respubliki Karakalpakstan» - trebovanie vremeni», shuningdek Berdaq nomidagi QDU ekonomika va geografiya kafedrasi professor-o`qituvchilari bilan birga ishlanayotgan «Razrabotka regional`noy strategii ustoychivogo ekonomicheskogo razvitiya sel`skoy mestnosti Respubliki Karakalpakstan» nomli temalarni ko`rsatishga bo`ladi. Kafedrada 2006-2008-yillar ichida jami 33,2 mln so`m miqdordagi ilmiy-tadqiqot ishlari muafaqiyatli yakunlandi, 2009-2010 yillari 13,1 mln sum miqdordagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari buyicha doktorlik (2003-yili E.Umarov) va nomzodlik (2002-yili A.Qurbaniyazov,G.Utepova, 2006-yili R.Gaypova) dissertatsiyalar himoya qilindi.
Geografiya kafedrasi jamoati
Tadqiqot malumotlari bo`yicha, so`ngi besh yil ichida professor-o`qituvchilar tomonidan 93 ilmiy maqola, 11 o`quv-metodik qo`llanma, 5 monografiya ishlari nashr qilindi. Shu kungacha kafedraning ilmiy tadqiqot ishlariga tortilgan ziyrak talabalari respublika va xalqoro anjuman materiallarda, ilmiy jurnallarda 17 maqola, 2 ilmiy-metodik ko`rsatma nashr qilindi.