"Kimyo va ekologiya " kafedrasi

        Mustaqillikdan keyin bo`y tiklagan Nukus davlat pedagogika instituti tarkibida 1999-yili ximiya kafedrasi qayta yangilandi, uning boshlig`i 2001-yilgacha x.f.d. O`.Asamatdinov, 2001-2005-yillari x.f.n. A.Jiemuratov bo`ldi. 2006-yili bl kafedra «Ximiya va ekologiya» bo`lib o`zgartildi va hozirga qadar uning boshlig`i lavozimida dots.F.Utenova  ishlab kelmoqda.
        Hozirgi kunda kafedrada 2 fan doktori (S.Mambetullaeva, U.Ismayilov), 11 fan nomzodi (A.Jiemuratov, J.Saparbaev, A.Qarataev, G.O`razimbetova, V.Davletmuratova, B.Jumabaev, M.Ajieva, A.Jakipova, A.Asamatdinov, B.Allambergenov, Z.Bekbergenova), 3 katta (Z.Menlimuratova, Z.Bekturganova, G.Saparova) va 10 assistent o`qituvchilar  talabalar-ga fan sirlarinii o`rgatmoqda.
        Kafedra ximiya va ekologiya yo`nalishlari bo`yicha o`quv laboratoriyalariga ega bo`lib, har yili to`liqtirilib ilmiy-tadqiqot ishlarinii bajarishga moslashtirilmoqda.  O`tgan 2009-yilning o`zida o`kuv laboratoriyalari 9881572 so`mlik asbob uskuna bilan taminlandi. Kafedraning katta o`qituvchilari Z.Menlimuratova, A.Qayipbergenovlar tamonidan anorganik ximiya va ximtexnologiya fanlari bo`yicha zamonaviy virtual` laboratoriya ishlari tayyorlandi.
        Kafedrada «Qoraqolpog`istonning tabiiy mineral xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish muommolari va echimining ekologik asoslari» nomli fundamental` mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ularning ichnda doktorlik (G.Ora-zimbetova,F.Utenova) va nomzodliq (Z.Menlimuratova, Z.Bekturganova, L.Kabulova, A.Erekeeva, Q.Reymov, T.Ibadullaeva,  M.Askarova) dissertatsiya temalari bekitilib, UzR. FA institutlari va OTM lari bilan birge  ilmiy-tadqiqot ishlarinii bajarib, ko`pchiligi yaaqin kelajakda natijalarinii himoya qilib chiqishga rejalashtirilgan. Kafedra olimlari mustaqillik yillarida katta imkoniyatlarga ega bo`ldi. 2003-2008-yillar oralig`ida 35 mln.sumlik fundamental` va innovatsion temalar (J.Saparbaev, G.Saparova) talab darajasida bajarildi va so`ngi uch yil ichida 1 mln.sum byudjetdan tashqari mablag`  topildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari natiyjalari bo`yicha professor-o`qituvchilar tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 elektron darslik, 2 virtual` laboratoriya ishi, 2 o`quv  va 30 dan ortiq metodik qo`llanma, talabalar tamonidan 40 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilindi.

        
Kimyo va ekologiya kafedrasi jamoasi